Boş mutaxassis öziga yuklatilgan vazifalarni amalga oşiriş maqsadida quyidagi funksiyalarni bajaradi:
boş mutaxassisning yillik iş rejasini işlab çiqadi, tasdiqqa kiritadi va unda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaydi;
taʼlim sifatini taʼminlaş jarayonlariga barça manfaatdor tomonlar, va taʼlim oluvçilarni jalb etadi;
taʼlim sifatini taʼminlaş jarayonlarida yuzaga kelişi mumkin bölgan xavflarni aniqlaş, ularning ehtimolligi va taʼsir darajasini baholaş yuzasidan profilaktik çora-tadbirlar işlab çiqadi;
öquvçilarning fanlarni özlaştiriş darajasi, içki va taşqi baholaş natijalari hamda oliy taʼlim muassasalariga kiriş körsatkiçlarini tahlil qiladi;
taʼlim sifatini oşiriş yuzasidan pedagog kadrlar uçun öquv-seminarlar taşkil etadi;
taʼlim sifatini oşirişga qaratilgan seminarlar, treninglar, davra suhbatlari va metodik tadbirlarni taşkil etadi;
pedagog kadrlarining tayanç maʼlumotlarini ular dars beradigan fanlariga mosligini tahlil qiladi;
pedagog kadrlarining mos ixtisoslik böyiça qayta tayyorlaşdan ötganligini örganadi va örganiş natijalari yuzasidan akademik litsey direktoriga axborot kiritadi;
pedagog xodimlarning maʼlumoti, ilmiy va kasbiy salohiyati, mutaxassisligining öqitayotgan fanlariga muvofiqligini örganadi hamda aniqlangan holatlar yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritadi;
taʼlim sifatini boşqariş böyiça milliy va xalqaro tajribalarni örganadi hamda akademik litsey faoliyatiga joriy etiş yuzasidan takliflar işlab çiqadi;
öquv jarayonini normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida töğri taşkil etilganligini örganadi, örganiş yuzasidan tahliliy maʼlumotlar tayyorlaydi va Pedagogik (Vasiylik) kengaşda körib çiqiş uçun taklif kiritadi;
öquv maşğulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari asosida taşkil etilganligi, dars jarayonlari sifatining nazorati talab darajasida yölga qöyilganligini örganib boradi;
axborot-resurs markazida öquvçi va pedagog kadrlar uçun yaratilgan şaroitlar holati, fanlar böyiça darsliklarning mavjudligini örganib boradi va direktorga mavjud holat yuzasidan axborot kiritadi;
pedagog kadrlar salohiyatini oşiriş uçun takliflar işlab çiqadi, ularni belgilangan muddatlarda malaka oşirişga jalb etilişini monitoring qiladi;
akademik litseyda içki (özini özi) baholaş jarayonini ötkaziş böyiça işçi guruhlar şakllantiradi va davriy ravişda baholaşni taşkil etadi;
akademik litseyni davlat akkreditatsiyasiga tayyorlaş böyiça işçi guruhlar şakllantiradi va içki monitoring ötkazadi;
davlat akkreditatsiya talablarining öz vaqtida, aniq va kamçiliklarsiz bajarilişini taʼminlaş maqsadida çora-tadbirlar belgilaydi va ularni amalga oşirilişini nazorat qiladi;
davlat akkreditatsiya talablari doirasida taʼlim jarayoni, öquv-uslubiy hujjatlar, moddiy-texnik baza hamda kadrlar salohiyatining belgilangan talablarga muvofiqligini tahlil qiladi va aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça takliflar işlab çiqadi;
taşqi baholaş va akkreditatsiya xulosalarida aniqlangan kamçiliklarni öz vaqtida bartaraf etiş böyiça çora-tadbirlar rejasini işlab çiqadi, bajarilişini nazorat qiladi va natijalari böyiça akademik litsey direktoriga axborot kiritadi.

