Iqtidorli yoshlar e’tirof etildi
"Yoshlar kuni" tadbirlari doirasida Farg‘ona tumani xokimi va mutasaddilari “Shohimardon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Shohimardon ko‘chasi 1-uyda istiqomat qiluvchi Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyining 11.24-guruh o‘quvchisi To‘lashov Begzodjon Mo‘minjon o‘g‘li xonadoniga tashrif buyurdilar. To‘lashov Begzodjon Oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal 189 ballni qo‘lga kiritib, muddatidan oldin talabalik baxtiga erishdi. Mutasaddi rahbarlar tomonidan erishgan yutuqlari munosib rag‘batlantirildi.