Yangilik haqida

img

Anonim so‘rovnoma

Hurmatli o‘quvchilar!

Akademik litseyda ta’lim xizmatlari sifati bo‘yicha yozma anonim so‘rovnoma o‘tkaziladi.

So‘rovnomaning maqsadi – ta’lim sifati, o‘quv jarayoni, pedagoglar faoliyati hamda litseyda yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan o‘quvchilarning fikr va takliflarini o‘rganishdir.

O‘tkazilish sanasi:  10.02.2026yil.

So‘rovnoma anonim tarzda o‘tkaziladi. Ishtirokchilarning shaxsiga oid ma’lumotlar talab qilinmaydi. Bildirilgan fikr va takliflar umumlashtirilgan holda tahlil qilinadi hamda ta’lim sifatini yanada takomillashtirishda foydalaniladi.

Barcha o‘quvchilardan so‘rovnomada faol va xolis ishtirok etish so‘raladi.

Akademik litsey ma’muriyati