Farg'ona davlat universiteti akademik litseyida “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” tantanalari.
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-sentabrdagi 433-sonli buyrug'iga asosan, FarDU akademik litseyi ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi N.Sharafiddinova "O'rta maxsus va professional ta'lim a'lochisi" ko'krak nishoni bilan mukofotlandi. Mukofotni Farg'ona viloyati oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig'i Ziyodbek Yunusov topshirdi.