Yangilik haqida

img

Farg'ona davlat universiteti akademik litseyiga 28-29 sentabr kunlari ZfA koordinatori Svetlana Lyubavina xonim tashrif buyurdi.

Farg'ona davlat universiteti akademik litseyi  Germaniyaning ZFA loyihasi a'zosi hisoblanadi. Har yili litsey o'quvchilari Sprachdiplom olish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari ko'plab loyihalar va seminarlar ham olib boriladi.

28-29 sentabr kunlari litseyga ZfA koordinatori Svetlana Lyubavina xonim tashrif buyurdi va 2 kun davomida o'qituvchilar hamda o'quvchilar uchun seminarlar olib bordi.

Joriy yilning mart oyida DSD I- imtihon topshirgan o'quvchilarning til sertifikatlarini akademik litsey direktori H. Sharipov bilan birgalikda topshirdilar.