Farğona davlat universiteti akademik
litseyi tarixi
Ertangi kunimiz, hayotimiz farovonligi va mamlakatimiz taraqqiyoti, avvalo, bizning örnimizga kelayotgan yoş avlodni har tomonlama yetuk, bilimli, mustaqil fikrlaydigan va zamonaviy dunyoqaraşga ega insonlar etib tarbiyalaşimizga çambarças boğliq. Zero, barkamol avlodni voyaga yetkaziş azaldan insoniyat oldidagi eng ezgu va muhim maqsadlardan biri bölib kelgan.
Bugungi ta'lim tizimida yoşlarning erkin fikrlaşi, mustaqil qaror qabul qilişi, ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Çunki fikr erkinligi mavjud bölgan jamiyatda tafakkur rivojlanadi, tafakkur rivojlangan jamiyat esa taraqqiyot sari dadil qadam taşlaydi. Jadid ma’rifatparvari Mahmudxöja Behbudiy ta’kidlaganidek: “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir. Zamona ilmi va fanidan bebahra millat boşqalarga poymol bölur”.
Yoş avlodga zamonaviy va dunyoviy bilim berib, ularni oliy ta’limga puxta tayyorlayotgan ta’lim maskanlaridan biri — Farğona davlat universiteti akademik litseyidir.
Farğona davlat universiteti akademik litseyi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi litsey va litsey-internatlar negizida akademik litseylar tashkil etish töğrisida”gi 188-son qarori asosida taşkil etilgan. Keyinçalik Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalariga kiriş uçun nomzodlarni maqsadli tayyorlaş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi PQ-3290-son qaroriga asosan Farğona davlat universiteti tasarrufiga berilgan.
Mazkur qarorda belgilangan vazifalardan kelib çiqib, Oliy va örta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil fevral oyidagi 99-son buyruğiga asosan akademik litsey Ustavi tasdiqlangan va belgilangan tartibda davlat röyxatidan ötkazilgan.
Bugungi kunda akademik litseyda öquvçilarning qiziqişi va qobiliyatidan kelib çiqib, bir qator muhim ta’lim yönalişlari böyiça çuqurlaştirilgan bilim beriş yölga qöyilgan. Jumladan, aniq fanlar, tabiiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar hamda xorijiy filologiya yönalişlari faoliyat olib bormoqda. Ushbu yönalişlarda matematika, fizika, biologiya, kimyo, tarix, ona tili va adabiyoti hamda xorijiy tillar kabi fanlar çuqur örgatiladi.
Ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlaş maqsadida litseyda 3 ta kafedra hamda faoliyat yönalişlari böyiça 3 ta bölim faoliyat yuritmoqda. Pedagoglar tomonidan öquvçilarning nafaqat fanlarni puxta özlaştirişi, balki ularning mustaqil fikrlaşi, ilmiy izlanişga bölgan qiziqişi va ijodiy salohiyatini rivojlantirişga ham katta e’tibor qaratilmoqda.
Akademik litsey faoliyati ta’lim sifatini baholaş va takomillaştirişga qaratilgan amaldagi me’yoriy-huquqiy talablar asosida taşkil etilgan. Jumladan, Özbekiston Respublikasining “Ta’lim töğrisida”gi Qonunining 26-moddasiga asosan hamda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi “Taʼlim sifatini taʼminlaş va taʼlim xizmatlari körsatiş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” PF–76-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi “Örta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, şuningdek, kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş taşkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan ötkaziş tizimini joriy etiş töğrisida” 498-son qarori bilan tasdiqlangan tegişli nizom hamda ta’lim taşkilotlarini attestatsiyadan ötkaziş mezonlari asosida litseyda ta’lim va tarbiya jarayonining holati belgilangan tartibda baholangan.
Erişilayotgan natijalar ta’lim va tarbiya jarayonining izçil hamda samarali yölga qöyilganidan dalolat beradi. Bunday yutuqlarning zamirida, avvalo, fidoyi va tajribali pedagoglarning maşaqqatli mehnati, öquvçilarning intilişi, ota-onalarning qöllab-quvvatlaşi hamda ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor mujassam.
Bugungi yoşlarimizning bilim olişga bölgan qiziqişi, zamonaviy fan va texnologiyalarni egallaşga intilishi quvonarli, albatta. Ularning fan olimpiadalari, turli tanlovlar va ilmiy loyihalarda erişayotgan natijalari litsey jamoasini yanada katta maqsadlar sari ruhlantirmoqda.
Kelgusida öquvçilarning oliy ta’lim muassasalariga kiriş körsatkiçlarini yanada oşiriş, ularni xalqaro va respublika miqyosidagi fan olimpiadalari, tanlovlar hamda ilmiy loyihalarga keng jalb etiş, iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş borasidagi işlarni izçil davom ettiriş ustuvor vazifalardan biri bölib qoladi.
Zero, bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri — yoş avlod qalbida milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, yurt taqdiriga daxldorlik va uning ravnaqiga munosib hissa qöşiş tuyğularini şakllantirişdir. Zamonaviy bilim va yuksak ma’naviyatni özida mujassam etgan, mustaqil fikrlaydigan va Vataniga sadoqatli yoşlar — mamlakatimizning porloq kelajagini bunyod etadigan avloddir.
Shunday ekan, Farğona davlat universiteti akademik litseyi jamoasi oldida ham yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularga sifatli ta’lim va munosib tarbiya beriş, ilm-fanga bölgan qiziqişini yanada oşiriş hamda ularni yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşa oladigan yetuk mutaxassislar etib tarbiyalaşdek şarafli va mas’uliyatli vazifa turibdi.
Ta’lim muassasasining töliq nomi | Farğona davlat universiteti akademik litseyi |
Tashkil topgan yili (nomi, qayta nomlanganligi) | 2006-yil 31-avgustda Farğona davlat universiteti qoşidagi 3-sonli akademik litseyi deb taşkil etilgan. 2017-yildan Farğona davlat universiteti akademik litseyi deb yuritilmoqda. |
Web-sayt: | |
Faks: | (0 373) 243-58-06 |
Email: | |
Joylashgan manzili: | 150100, Farğona şahar, Quvasoy köchasi 17-uy |
Akademik litsey direktori: | Şaripov Hasanjon Abdumanopoviç |
Davlat akkreditatsiyasi: | Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ta’lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi, 2021-yil 30-mart 13-sonli Davlat akkreditatsiyasi haqida Sertifikat (seriya AL № 3000013)
|
Öquvchilar soni: | 2026-yili 1-may holatiga köra jami öquvçilar soni 603 nafarni taşkil etadi. |
Professor-öqituvchilar soni:
| Umumiy soni-61 nafar, shundan asosiy shtatda 53 nafar, ichki o‘rindosh 3 nafar, tashqi o‘rindosh 5 nafar. Örtaça sifat körsatgiçi böyiça 5 nafar ilmiy darajali (Phd) öqituvçi, 26 nafar boş öqituvçi, 14 nafar etakçi öqituvçi, 6 nafar katta öqituvçi, 2 nafar oliy ma’lumotli |
Öqish muddati | 2 yil |
